Zukura Uz Shop haqida
Zukura Uz Shop — bu sifatli va ishonchli mahsulotlarni eng qulay narxlarda taqdim etuvchi zamonaviy onlayn do‘kon.
Bizning asosiy maqsadimiz — mijozlarga tezkor xizmat, sifatli mahsulot va qulay xarid tajribasini taqdim etishdir.
Bizning maqsadimiz
Zukura Uz Shop jamoasining asosiy maqsadi — Yaponiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni Vatan ta’mi va mehridan uzoq qoldirmaslik. O‘zbekiston mahsulotlarini sog‘inib, ishonch bilan har kuni iste’mol qilishlari uchun qulay va ishonchli yechim yaratishni niyat qilganmiz.
Ushbu faoliyatni biz kichik, ammo niyati katta bo‘lgan jamoa bilan boshladik. Har bir ishimizda halollik, ishonch va mijoz roziligini ustuvor deb bildik. Bu yo‘lda Allohga tavakkal qilib, har bir mahsulotni vijdonan tanlab, sizlarga yetkazishni o‘zimizga mas’uliyat deb bildik.
Biz uchun har bir mijoz shunchaki xaridor emas, balki bizni qo‘llab-quvvatlayotgan hamkordir. Sizlarning ishonchingiz bizga kuch bag‘ishlaydi va yanada mas’uliyat bilan xizmat qilishimizga sabab bo‘ladi.
InshaAlloh, bugun kichik qadamlar bilan boshlangan ushbu loyiha kelajakda katta, barakali va jamiyatga foydali bo‘lgan kuchli loyihalarga asos bo‘lishini niyat qilganmiz.
Alloh niyatlarimizni xolis, rizqlarimizni barakali va xizmatimizni sizlar uchun manfaatli qilsin. Amin.
Bizning yo‘limiz va nega aynan onlayn
Zukura Uz Shop bugun onlayn faoliyat yuritayotgan bo‘lsa-da, bu ish kecha yoki tasodifan boshlangan emas. Dastlab biz ushbu xizmatni Yaponiyadagi Shin Okubo do‘konlarida birinchilardan bo‘lib boshlaganmiz.
O‘sha paytda vatandoshlarimizning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi bilan faoliyatimiz kengaydi. Albatta, bizdan keyin ko‘plab insonlar Telegram guruhlarida savdo qilishni boshladi va bozor yanada raqobatli bo‘ldi.
Biz esa raqobatdan qochmadik. Aksincha, sifat, ishonch va tartib bilan ajralib turishni tanladik. Shu sababli, xizmatimizni onlayn platformaga ko‘chirib, har bir mijoz uchun yanada qulay, ochiq va tizimli xarid muhitini yaratdik.
Bugun Zukura Uz Shop — bu shunchaki mahsulot sotiladigan joy emas. Bu — tajriba, mas’uliyat va ishonch asosida qurilgan platforma. Bizni tanlagan mijoz biladi: bu yerda mahsulot ham, muomala ham, va’dalar ham birdek qadrlanadi.
Aynan shuning uchun ko‘plab mijozlar bir martalik xariddan keyin yana va yana bizni tanlashmoqda. Chunki biz uchun eng muhim narsa — savdo emas, balki mijoz roziligi va baraka.
Yaponiyada istiqomat qilayotgan har bir inson bizni qo'llab quvvatlashini chin qalbimizdan va yaratgandan so'rab qolamiz.
- ✔️ Halol va sifatli mahsulotlar
- ✔️ Arzon va raqobatbardosh narxlar
- ✔️ Tezkor yetkazib berish
- ✔️ Doimiy yangilanib boruvchi katalog
Tez yetkazish
Buyurtmalar tez va xavfsiz yetkaziladi
Ishonchli
100% mijozlar ishonchi
Mijozlar uchun
Sizning qulayligingiz biz uchun muhim